Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy yana suveren Tojikiston hududiga «ko‘z olaytirish»ni boshladi
6.08.2020 19:10,  
5683

Xitoyning rasmiy nashrlarida Markaziy Osiyodagi Pomir mintaqasi to‘lig‘icha Xitoyga tegishli; XIX asrda Angliya va Rossiya bosimi ostida Xitoy bu yerlarni boy bergan, degan maqola qayta chop etildi. Maqolada tilga olingan hududning aksariyat qismi Tojikistonga qarashli.

2010 yil Tojikiston bu hududning 1158 kv. km.ini allaqachon Xitoyga tortiq qilgan edi. Shu bilan Xitoy va Tojikiston o‘rtasidagi hududiy kelishmovchilik barham topishi umid qilingan. Shuningdek, yer evaziga Xitoy mintaqada ekstremizmga qarshi kurashda Tojikistonga yordam berishi kelishilgan.

Shundan beri Xitoy bu hududda harbiy postlari sonini oshirdi. Pomirning Shinjon avtonom viloyatiga qarashli qismida shu yil yangi aeroport ishga tushdi.

Ekspertlarning xavotiriga ko‘ra, Pomir hududini egallab olish Markaziy Osiyo sari tashlangan birinchi qadam bo‘ladi. Xitoyning tarixiy da’volariga ishonilsa, nafaqat Pomir mintaqasi, balki butun Markaziy Osiyo Xitoyning bir qismi.

Shuningdek, Pomirni egallash bilan Xitoyning ishtahasi qonmasligi va rasmiy nashrlarda hukumat roziligisiz va tashabbusisiz bunday maqolalar chiqmasligi aytilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан