Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyda koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 68 ming kishidan oshdi
16.02.2020 12:22,  
596

Bir kun davomida Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 142 kishiga, yuqtirganlar soni esa 1323 kishiga ko‘paydi. 16 fevralga qadar Xitoyda 68,500 kishida koronavirus holati aniqlangan.

16 fevral holatiga ko‘ra, koronavirus COVID-19 infeksiyasi jami 68,500 kishida aniqlangan. Bu haqda Xitoy milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumot bermoqda.

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida Xitoyda 142 kishi koronavirusdan vafot etgan, 1323 kishi virus bilan kasallangan. Xitoyning quruqlikdagi qismida koronavirus qurbonlari soni 1665 kishiga yetdi, jami 9419 kishi bu kasallikdan tuzalib ketgan.

South China Morning Post xabariga ko‘ra, Xitoydan tashqarida vafot etganlarni hisobga olgan holda, koronavirus qurbonlari soni 1669 kishiga yetdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab virus 69 195 odamda topilgan. 16 fevralga qadar Yaponiyada yuqtirilganlarning ko‘pi - 338 kishi aniqlandi.

Koronvirus bilan kasallanganlar sonini onlayn sayt ma’lumotlariga ko‘ra, virus asosan Xitoyning sanoat rivojlangan sharqiy qismida keng tarqalgan. Shu bilan bir qatorda, mamlakat g‘arbidagi Shinjon viloyatida (bevosita Markaziy Osiyo bilan chegaradosh) ham 71 kishida koronavirus holati qayd etilgan. Bir kishi esa kasallikdan vafot etgan.

 

Mavzuga doir: Yevropada ilk bora koronavirus yuqtirib olgan bemor vafot etdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан