Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyda koronavirus yuqtirib olganlarning 80 foizdan ortig‘i tuzalib bo‘ldi
16.03.2020 18:49,  
1125

Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni kundan kunga kamayib bormoqda. Hozir shifoxonalarda 9898 bemor davolanmoqda, qariyb 84 foiz bemor tuzalib ketdi. Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning materik qismida koronavirus tashxisi qo‘yilgan odamlar soni 80 860 nafar, ulardan 67 749 nafari sog‘ayib ketdi. Bu jami bemorlarning 83,78 %ini tashkil etadi.

Epidemiya boshlangandan beri, Xubey provinsiyasidan tashqari, butun Xitoy bo‘ylab 13622 yuqtirish holatlari qayd etilgan, ulardan 114 tasi o‘lim bilan tugagan, o‘lim darajasi esa 0,87%. Xubey provinsiyasida epidemiyaning markazida 67798 ta infeksiya holati aniqlandi, 3099 kishi vafot etdi, o‘lim darajasi 4,57% ni tashkil etdi.

Shu bilan birga, Xubey provinsiyasi Uxan shahrida o‘lim darajasi 4,93% ni tashkil etdi. Umuman olganda, epidemiya 3213 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, mamlakatda o‘rtacha o‘lim darajasi 3,97% ni tashkil etdi.

JSST 11 mart kuni dunyoda yangi koronavirus pandemiyasini e’lon qildi. XXR Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 12 mart kuni mamlakatda epidemiyaning eng yuqori cho‘qqisi o‘tib bo‘lganini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан