Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyda neftga bo‘lgan talab qariyb to‘liq tiklandi
19.05.2020 13:30,  
128

Xitoyda neftga talab deyarli Pekin koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun cheklovlar kiritilishidan oldin kuzatilgan darajaga qaytdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Xitoyda neftga bo‘lgan talabning aniq miqdorini real vaqt rejimida aniqlash qiyin vazifa, biroq mamlakatda xom ashyo iste’molini kuzatuvchi kompaniya rahbarlari va savdogarlar bu kuniga taxminan 13 million barrelni tashkil etadi deb hisoblamoqda", - deyiladi xabarda.

Agentlik manbasining qo‘shimcha qilishicha, Xitoyda benzin va dizel yoqilg‘isining ko‘payishi davlat va xususiy neftni qayta ishlash zavodlariga xomashyoni qayta ishlash yuklamasini oshirishga majbur qildi. Xitoyning qayta ishlash zavodlari tomonidan neft sotib olish hajmi o‘smoqda va mamlakatning xom ashyo zaxiralari pasaymoqda. 

Xitoydagi 20 %ga pasaygan talab asta-sekin tiklanmoqda, chunki koronavirus pandemiyasi tufayli korxonalar o‘z faoliyatini qayta tiklay boshladilar va mamlakat bo‘ylab sayohatga qo‘yilgan cheklovlarning bir qismi olib tashlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан