Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyda oila «ortiqcha» bolalari uchun katta miqdorda jarimaga tortildi
26.02.2021 10:39,  
547

Xitoyda oila «ortiqcha» bolalari uchun katta miqdorda jarimaga tortildi.  

"South China Morning Post" nashrining yozishicha, Chjan Junjun va uning turmush o‘rtog‘i mamlakat fuqarolari uchun amalda bo‘lgan ikkitadan ko‘p bolaga ega bo‘lmaslik to‘g‘risidagi qonunni buzgan. Ushbu oilaning yetti nafar farzandi bor. Shu bois oila 1 million yuandan ko‘proq (155 ming AQSh dollari) miqdorida jarima to‘lagan. 

Nashrga ko‘ra, oila ushbu to‘lovsiz oila besh o‘g‘il va ikki qizga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olmagan bo‘lar edi.

Chjan Xitoyning janubidagi Guandun provinsiyasida tikuvchilik fabrikasi, zargarlik buyumlari sotish kabi bizneslarga egalik qiladi.

Xitoydagi ko‘p ishbilarmon ayollar ba’zida umuman farzand ko‘rmasligiga qaramay, Chjan bu yo‘lni tanlaganidan afsuslanmaydi. 

«Qariganimda bolalarimi menga g‘amxo‘rlik qiladi», deydi ayol.

1979 yildan 2015 yilgacha Xitoy hukumati «bitta oila — bitta bola» demografik siyosatini olib bordi.

2016 yil boshidan buyon mamlakat fuqarolariga ikki nafar farzandli bo‘lishiga ruxsat berildi. 

1970 yillardan boshlab Pekin qonuniy ravishda oilalar sonini cheklab kelgan. Izohlanishicha, aholining keskin o‘sishi yer, suv va energetika resurslariga haddan tashqari yuk bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан