Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyda sayyohlarning telefoniga josus dasturlar o‘rnatilmoqda
3.07.2019 14:55,  
24

Xorijiy nashrlar The New York Times, Süddeutsche Zeitung va The Guardian jurnalistlari Xitoy chegarachilari Qirg‘izistondan kelgan sayyohlarga tegishli bo‘lgan telefonlarga josus dasturni o‘rnatish holati yuzasidan tekshiruv o‘tkazishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, xitoylik chegarachilar bu ilova yordamida xorijiy fuqarolariga tegishli bo‘lgan smartfonlarni tekshirishi ma’lum bo‘ldi.

Bu dastur BXAQ yoki Fēng cǎi deb nomlanadi. Bu dastur kontaktlar, SMS-yozishmalar, qo‘ng‘iroqlar, kalendardagi yozuvlar, shuningdek, ilovalar ro‘yxati va ijtimoiy tarmoqdagi taxalluslarni tahlil qiladi.

Bu dastur ekstremistik ma’lumotlarni aniqlash maqsadida barcha fayllarni tekshirib, maxsus serverga hisobot yuboradi. Keyinchalik bu ma’lumot hukumatga taqdim etiladi.

OAVlarning ma’lumotiga ko‘ra, bu ilova faqat Qirg‘izistondan Xitoyga chegara orqali kelgan fuqarolar telefonlariga o‘rnatilmoqda.Tekshiruv davomida “Irkeshtam-avto” nazoratdan o‘tish punkti orqali Xitoyga kelgan sayyohlar telefonlar tekshirilishi haqida shikoyat qilishgan.

Chegarachilar telefon tekshirish uchun olishdan oldin uni blokdan chiqarishni so‘raydi. Agar smartfor Android-platformada bo‘lsa, josuslik dastur o‘rnatiladi, iOS bo‘lsa, telefon kompyuterga ulanib, to‘liq tekshiriladi.

Tekshiruv davomida ikkita sayyoh, shuningdek Süddeutsche Zeitung gazetasi muxbiri o‘z telefonida bu dastur paydo bo‘lganini aniqladi.

Chet el fuqarolaridan birining so‘zlariga ko‘ra, u Xitoyning g‘arbiy qismida chegarani kesib o‘tgan, unga bu dasturni o‘rnalishi haqida ma’lum qilishmadi. Chegarachilar faqat “qurol, terrorizm, pornografiya” ma’lumotlari tekshirilishini aytishgan.

Jurnalistlar fikriga ko‘ra, bu kuzatuv diniy ozchillik, shu jumladan uyg‘ur etnik guruhi vakillariga qaratilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан