Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyda tezligi samolyotnikidek bo‘lgan poyezd ishlab chiqarildi (video)
29.05.2019 12:06,  
401

Xitoyning China Railway Rolling Stock Corporation (CRRC) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi poyezd magnit maydoni yordamida rels ustida muallaq harakatlanadi. Shuning uchun ham unga Maglev (magnit va levitatsiya) deb nom berishgan. Relsga tegmasdan harakatlanayotgan poyezd to‘xtatish uchun aerodinamik kuchlardan foydalaniladi.

Kompaniya bosh muhandisi Dinga Sansan aytishiga ko‘ra, Maglev Pekindan Shanxaygacha bo‘lgan masofani 3,5 soatda bosib o‘tadi. Samolyot esa ushbu masofani bosib o‘tish uchun 4,5 soat vaqt sarflaydi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Xitoy hukumati 2021 yilda Maglev uchun tezyurar temiryo‘llar qurishni boshlaydi.  Ishqalanish kuchlari ta’sir qilmagani tufayli poyezd mexanizmlari eskirmaydi va izdan chiqmaydi. Shuningdek poyezd harakatlanish vaqti shovqin ham chiqarmaydi. Aynan shu sababli poyezd ekologik jihatdan ham toza hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda dunyoning 3 mamlakatida magnit kuchi yordamida harakatlanuvchi poyezdlar bor va ularning barchasi Osiyoda – Yaponiya, Janubiy Koreya va Xiytoda. Insoniyatga magnit yostiqchali poyezd tiximi yarim asrdan beri ma’lum bo‘lsada, u keng tarqalib ketmagan. Bunga sabab – unig qimmatligi va yangi infratuzilma qurishdir.

Bugungi kunda dunyoda eng tez poyezd Xitoyning maglev poyezdi bo‘lib u metro bekati va aeroport orasida harakatlanadi. Poyezd 30 km masofani  7 daqiqada bosib o‘tadi, tezligi 431 km. Poyezdlar tezlik rekordi esa Yaponiyaning Shinkansen LO poyezdiga tegishli. U 2015 yilda 603 km/soat tezlik ko‘rsatgan.   

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан