Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyda uchta farzand ko‘rishga ruxsat berildi
31.05.2021 15:50,  
109

Xitoy hukumati oilalarga uchta farzand ko‘rishga ruxsat berdi, bu qaror XXR Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosining 31 may, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisida qabul qilindi, deb xabar qilmoqda "Sinxua" agentligi.

Xabarda aytilishicha, bunday qaror mamlakatdagi demografik vaziyatni hisobga olgan holda, aholining tez qarishi sababli qabul qilingan.

Xitoy 1979 yildan 2015 yilgacha "bir oila - bir bola" siyosatini olib bordi. Uning salbiy oqibatlaridan biri mehnatga layoqatli aholining qisqarishi edi. 2015 yilda mamlakatdagi har qanday oilaga ikki farzand ko‘rishga ruxsat berildi. Shundan so‘ng Xitoy hukumati XXRda tug‘ilish koeffitsiyentining rekord darajada o‘sishini qayd etdi.

Avvalroq, XXR jamoat xavfsizligi vazirligi 2020 yilda Xitoyda tug‘ilish o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga kamayganligi haqida xabar bergandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан