Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoydagi koronavirus tufayli jahon bozorlaridagi vaziyat yomonlashmoqda
27.01.2020 17:01,  
988

Dunyo bo‘ylab sarmoyadorlar Xitoy koronavirusining tez tarqalishi bilan bezovtalanishdi. Dushanba kuni dunyo bo‘ylab fond bozori keskin pasayib ketdi.

Xitoy rasmiylari ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni (26.01.20) holatiga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 80 kishiga yetdi, 2797 kishi kasallikka chalingan. Virus jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Singapur, Janubiy Koreya, Avstraliya, Kanada, Fransiya, Yaponiya, Malayziya hamda Vetnamda ham aniqlangan.

Mavzuga doir: Xitoy pochta jo‘natmalaridan koronavirus yuqadimi?

Osiyodagi bir qator bozorlar Oy yangi yili (25 yanvar) tufayli yopiq bo‘lgan bir sharoitda Yaponiyaning Nikkei 225 indeksi 2 foizdan ko‘proqqa pasayib ketdi.

Danske Bank bosh tahlilchisi Allen von Mehren’ning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy iqtisodiyoti qisqa muddatli zarbani qabul qilib oladi va 2020 yilning I choragida mamlakat YaIMi 1 %ga pasayishi kutilmoqda.

 “Hukumat qattiq choralar ko‘rayotganiga qaramay, yangi virus tezroq tarqalmoqda. Bu qachon nazorat ostiga olinishini aniqlashga hali erta, ”deydi von Mehren.

Oltin narxi 0.78 %ga ko‘tarilib Yevropa bozorlarida bir unsiya oltin $1582.6 dan sotilmoqda.

Neft narxi pasayishda davom etmoqda. Dushanbaga o‘tar kechasi Brent bahosidagi neft barreli noyabrdan beri ilk marotaba $60 dan pasaydi. Treyderlar katta neft zaxiralari mavjud bo‘lmagan sharoitda neftga bo‘lgan talabning pasayib ketishidan qo‘rqmoqdalar.

Danske Bank tahlilchilari fikricha, bu inqiroz Xitoy xizmat ko‘rsatish sektoriga jiddiy zarba bo‘ladi. Hozirda Xitoy YaIMining 54 %ini xizmat ko‘rsatish tashkil etadi.

Epidemiyalar rivojlanayotgan bozorlarga bundan avval ham ta’sir qilgan — 2002-2003 yillardagi SARS, 2009 yildagi parranda grippi, 2014 yildagi Ebola kasalligi.

Oxirgi marta epidemiya tufayli rivojlanayotgan bozorlar 6 oyga o‘sishdan to‘xtagan edi. Biroq undan keyin rivojlanish juda tezlashib ketgan.  

Mavzuga doir: Qozog‘iston xitoyliklarga vizasiz tartibni bekor qildi

Mavzuga doir: Xitoy 10 kun ichida virusga chalinganlar uchun ming kishilik shifoxona qurmoqchi (foto+video)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан