Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoydagi maktabga hujum qilinishi oqibatida sakkiz bola halok bo‘ldi
3.09.2019 12:44,  
17

Xitoydagi maktablardan birida pichoq bilan uyushtirilgan hujum natijasida yaralangan sakkiz nafar bola 3 sentyabr, seshanba kuni kasalxonada vafot etdi. Bu haqda South China Morning Post xabar beryapti.

Fojea 2 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:00 (Toshkent vaqti bilan 5:00) atrofida Hubey provinsiyasidagi Bayyanpin shahrida sodir bo‘ldi. Bir erkak kichik sinf o‘quvchilariga pichoq bilan hujum qilib, ularni jarohatlagan. Politsiya shu kuniyoq jinoyatchini qo‘lga oldi, u ayni shaharda yashaydigan Yu (Yu) ismli 40 yoshli erkak bo‘lib chiqdi. Hozir u hibsda.

South China Morning Post’ning mahalliy OAVga tayanib yozishicha, bu erkak muqaddam qotillikka urinish ayblovi bilan sudlangan. Politsiya hali bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Hozirda jarohatlanib tirik qolgan bolalardan ikki nafari Enshi kasalxonasida qolmoqda, ularga zaruriy yordam ko‘rsatilgan. Mahalliy hukumat jabrlanganlarning yaqinlariga ham yordam ko‘rsatilayotganini aytgan.       

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан