Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoydagi megapolisda Covid-19 tufayli harbiy holat e’lon qilindi
15.06.2020 13:36,  
320

Pekindagi yirik ulgurji bozorda koronavirus topilgandan keyin qo‘shni Xebey provinsiyasidagi Baodin shahrida harbiy holat e’lon qilindi. 

"Yepidemiya bilan kurashish bo‘yicha tezkor shtab Baodin shahrida epidemiya tarqalishining oldini olish uchun tezkor harbiy kuch joriy etilishini va harbiy holat mexanizmini ishga tushirishni e’lon qildi", - deyiladi shahar hokimyati saytida e’lon qilingan bayinotda.

Ta’kidlanishicha, Baodin Pekin bilan yonma-yon joylashgan bo‘lib, odamlar o‘rtasida tovarlar va odamlar harakati juda yaqin bo‘lgan, bu esa hushyorlikni talab qiladi.

11 milliondan ortiq aholiga ega Baodin shahri Pekindan 147 kilometr uzoqlikda joylashgan.

13 iyun kuni Pekinning Fentay tumanidagi Sinfadi ulgurji bozorida import lasos sotiladigan do‘konda koronavirus aniqlanganidan keyin bozor yopilgan edi. Fentay tumanida ham harbiy holat e’lon qilingan, sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish darajasi yana ikkinchi darajaga ko‘tarildi. Dushanba kuni Pekin hukumati matbuot xizmatining rahbari Syuy Xeszyan mavjud vaziyat tufayli Pekinda Covid-19 tarqalish xavfi katta ekanligini ta’kidladi.

Hozirda 79 kishi Pekin kasalxonalariga Covid-19 tashxisi bilan yotqizilgan. 11 iyungacha Pekindagi 56 kun davomida bironta ham mahalliy aholidan koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан