Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyga yeryong‘oq eksportiga yo‘l ochildi
8.11.2019 09:45,  
136

Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro import mahsulotlari ko‘rgazmasida yurtimizdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda. Ushbu ko‘rgazma doirasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida joriy yilning 5 noyabr kuni O‘zbekiston va Xitoy karantin xizmatlari o‘rtasida mamlakatimizdan Xitoyga yeryong‘oq eksport qilishga doir kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuvda yeryong‘oqni eksport qiluvchi tadbirkorlar uchun quyidagi asosiy talablar belgilangan:

- yeryong‘oq yetishtiriladigan dalalar, uni qadoqlash sexlari, saqlash omborxonalari Xitoy va O‘zbekiston karantin xizmatlarining birgalikdagi ro‘yxatidan o‘tkazilishi;

- yeryong‘oq, no‘xat donxo‘ri, omborxona zararli kuyasi, tegirmon parvonasi, omborxona uzunburuni, barg kanasi, qora mog‘or kasalligi kabi zararkunandalardan holi bo‘lishi;

- mahsulot tuproqdan holi hamda begona o‘t, urug‘lar, o‘simlik qoldiqlari va qum yoki shag‘al bilan aralashtirilmagan bo‘lishi;

- yeryong‘oq yetishtiriladigan dala O‘zbekistonning o‘simliklar karantini inspektorining doimiy nazoratida bo‘lishi, mahsulotni qayta ishlash, qadoqlash, saqlash va tashish inspektor nazorati ostida amalga oshirilishi;

- mahsulot qadog‘i toza, gigiyenik, havo o‘tkazadigan va yangi materiallardan iborat bo‘lishi;

- har bir qadoqda aniq qilib, xitoy yoki ingliz tilida “本产品输往中华人民共和国/This consignment is exported to the Peopleʼs Republic of China” deb yozilib, mahsulot nomi, uni yetishtirgan, ishlab chiqargan, qayta ishlagan va saqlagan korxonaning nomi va ro‘yxatga olish raqami kabi ma’lumotlar ko‘rsatilishi.

Kelishuvning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Diqqat! Belgilangan talablarga rioya etilmagan holda yuklanib, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar chegara punktlaridan qaytarilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Talablarga javob beruvchi dala, qadoqlash sexlari va saqlash omborlari egalari ro‘yxatdan o‘tish (reyestrdan joy olish) uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi. Murojaat uchun telefon: +998 71 255-28-51, +998 71 255-73-23.

Veb-saytimiz: www.karantin.uz.

Eslatib o‘tamiz: joriy yilning1-2 noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Kesyanning respublikamizga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida O‘zbekistondan Xitoyga yangi uzilgan anorni eksport qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda uchinchi mamlakat hududidan tranzit orqali Xitoyga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan edi.

Shu asosda, endilikda eksportyorlar yeryong‘oqni ham Qozog‘istondan Xargos va Alashankou, Qirg‘izistondan Irkeshtam va Turgart chegara o‘tkazish punktlari orqali Xitoyga avtotransportda olib o‘tishlari mumkin.

Ma’lumot o‘rnida: Hozirgi kunga qadar Xitoyga 13 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksportiga ruxsat olishga erishilgan bo‘lib, hozirda qo‘shimcha ravishda 11 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Eksportga ruxsat etilgan mahsulotlar: gilos, qovun, achchiq qalampir, anor, mosh, qobiqsiz grek yong‘og‘i, yeryong‘oq, shirin bodom, achchiq bodom, uzum danaklari, kunjut, shuningdek quritilgan mahsulotlardan:mayiz, o‘rik qoqisi.

Ruxsat olinishi kutilmoqda: uzum, limon, olxo‘ri, shaftoli, o‘rik, loviya, tariq, shuningdek, quritilgan mahsulotlardan: achchiq qalampir, olcha, olxo‘ri, qovun.

“O‘zdavkarantin” inspeksiyasi
Axborot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан