Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoylik doktor: Rasmiylar koronavirus dalillarini yashirgan va yo‘qotgan
27.07.2020 20:07,  
1339

Xitoyda ilk koronavirus hollarini o‘rgangan va bemorlarga tashxis qo‘ygan shifokorning aytishicha, mulozimlar ilk virus tarqalishiga oid haqiqatni berkitishgan bo‘lishi mumkin.

Bi-bi-si bilan suhbatda bu haqida bildirgan professor Kvok-Yung Yuenning ishonishicha, mahalliy amaldorlar ilk pallalardagi haqiqiy ahvolni xaspo‘shlashgan.

Uxandagi ahvolni tekshirishda qatnashgan shifokorning urg‘ulashicha, bu boradagi dalillar yo‘q qilingan va yuzaga kelgan holatga qarshi javob choralari juda sekin kechgan.

"Biz Uxan bozoriga borganimizda, u yerda hech narsa ko‘zga tashlanmasdi. Chunki bozor allaqachon tozalab qo‘yilgan edi" - degan professor.

"Aytish mumkinki, jinoyat joyiga daxl qilingan va supermarket tozalangan edi. Shu bois biz virus odamlarga qayerdan yuqqanini bilolmadik".

Uning gumon qilishicha, Uxanda mahalliy doirada haqiqatni yashirish yo‘lida hatti-harakatlar qilingan.

"Zudlik bilan ma’lumotni berishi kerak bo‘lgan mahalliy mulozimlari bu ishni chin dildan qilishmadi".

Xitoy koronavirus tarqalgan ilk pallalarda yetarlicha harakat qilmagan, deb tanqidga tutiladi.

Xususan, o‘tgan dekabr oyida yangi virus haqida o‘z hamkasblarini ogohlantirishga intilgan xitoylik shifokor jazolangan va politsiya unga jim yurishni aytgan.

Doktor Li shundan keyin koronavirusni yuqtirgan va olamdan o‘tgandi.

Biroq Xitoy rasmiylari koronavirus tarqalgan kezlari virusning qaqshatqichligi haqidagi ma’lumotlarni yashirmaganini aytib, ayblovlarni rad etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан