Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoylik milliarder O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashishda yordam beradi
29.03.2020 22:24,  
1827

Xitoylik milliarder, Alibaba Group asoschisi Jek Ma va uning xayriya fondi 7 ta mamlakatga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam beradi. Bu haqda Reuter agentligi xabar qildi.

Ro‘yxatga quyidagi mamlakatlar kiritilgan: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam va Butan.

Ushbu mamlakatlarga jami 1,7 million dona niqob, 165 ming dona COVID-19ni aniqlovchi test, himoya kiyimlari va zaruriy tibbiy asbob-uskunalar yuboriladi.

Fond bunga qadar Xitoy, Rossiya, Janubiy-Sharqiy Osiyo, YeI va Afrika mamlakatlariga koronavirusga qarshi kurashishda yordam qo‘lini cho‘zgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari hukumati O‘zbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordamini jo‘natgani  edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан