Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoylik mutaxassislarning bir guruhi vodiyda ishlashi ma’lum qilindi (video)
20.04.2020 16:44,  
831

Avvalroq, COVID-19 koronavirusi bilan kurashda o‘zbek xalqiga yordam berish uchun 15 nafar xitoylik konsultantlar va tibbiyot xodimlari O‘zbekistonga yetib kelganini ma’lum qilgan edik.

Shifokorlar bilan samolyotda qiymati 290 ming dollarlik insonparvarlik yordami ham kelgan. Xitoy xalqining yordami o‘z ichiga 2 ta IVL apparati, 55 mingta tibbiy niqob, 5,5 mingta N95 niqoblari, 2200 ta himoya kiyimlari, 2000 ta test-sistemalari, 2200 ta himoya ko‘zoynaklari va dori-darmonlarni oladi.

Xitoy elchixonasining xabar berishicha, bugun 12:30da xitoylik mutaxassislarning bir guruhi Farg‘ona vodiysiga yo‘l oldilar. U yerda ular 20 apreldan 23 aprelga qadar ishlaydi.

 

 

 

 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 20 aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1582 nafarni tashkil qilmoqda.

Bemorlardan 240 nafari sog‘aydi, 5 nafari vafot etdi.

 

 

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан