Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyliklar birga-bir ko‘chirib olgan g‘arb arxitektura yodgorliklari (foto)
5.09.2019 16:24,  
176

Qayerga sayohatga bormang, hamma joyda xitoyliklarni uchratasiz. Ular har qanday, hatto unchalik tanilmagan yodgorliklar fonida ham suratga tushishadi. Go‘yoki Xitoy aholisi barcha turistik joylarni ziyorat qilish imkoniyatiga ega degan tasavvur paydo bo‘ladi. Aslida xitoyliklarning 8% dagina xorijga chiqish pasporti bor, xolos.

Mamlakatning barcha aholisi dunyoning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun Xitoy hukumati sayyoramizning eng mashhur arxitektura durdonalarini o‘z yurtlarida qurishga va hatto butun Yevropa shaharlarini ko‘chirib olishga qaror qildi. AdMe.ru sayti ana shunday me’moriy inshootlar haqida xabar beradi.

1. Avstriyaning tog‘li Hallshtatt shaharchasi

2012 yil Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining Xueychjou shahrida Avstriyaning Hallshtatt shaharchasining aynan nusxasi barpo etildi. Loyihaning qiymati 800 million dollardan oshadi. Shaharda O‘rta asr cherkovining nusxasi qurilgan va markaziy maydondagi har bir detal nuqta verguligachaga ko‘chirilgan.

2. Eyfel minorasi

Xanchjou shaharchasidagi turar-joy majmuasi qurilishi 2007 yilda Eyfel minorasining 108 metrli nusxasi qurilishi bilan boshlangan. Birozdan keyin 31 kvadrat kilometrdan ko‘proq hududda Parij me’morchiligi uslubidagi uylar va hattoki Versal favvoralari nusxalari bo‘lgan park ham bor edi.

3. Parijdagi G‘alaba arkasi

Parijdagi g‘alaba arkasi XIX asrda, Napoleon janglari qahramonlari sharafiga qurilgan. Balandligi 50 metr. Xitoydagi nusxasi esa undan 10 metr balandroq va bu ushbu yodgorlikning yagona nusxasi emas. Dunguan shahridagi New South China Mall (dunyodagi eng katta savdo markazlaridan biri) kiraverishida ham shunaqa arka o‘rnatilgan.

4. Mezon-Laffit saroyi

Xitoylik multimillioner va ishlab chiquvchi Chjan Yuychen Pekin chekkasida fransuz Mezon-Laffit  saroyi  nusxasini 50 million dollarga qurdi. Barcha ichki detallar 17-asr binosining aynan o‘zi: marmar zinapoyalar, billur qandillar va hattoki rasmlargacha o‘xshaydi. Bugungi kunda Xitoy saroyi spa va sharob muzeyiga ega hashamatli mehmonxonaga aylantirilgan.

5. Kreml

Sinjchen shahrida mamlakatdagi amerikaliklarning birinchi xususiy oliy ta’lim muassasasi – SIAS universiteti joylashgan. Muhtasham majmua tarkibiga turli uslublarda qurilgan 30 dan ortiq inshootlar kiradi. Masalan, ma’muriy binosi Kapitoliy tepaligiga o‘xshaydi. O‘quv binolaridan biri esa, Moskvadagi Kremlning aynan o‘zginasi.

6. “Spas na krovi” cherkovi

Xitoyning Manjuriya shahrida Moskva va Sankt-Peterburgning eng mashhur arxitektura yodgorliklarining nusxalari saqlanadigan ulkan park mavjud. Va bu shunchaki binolarning miniatyuralari nusxalari bo‘lgan hudud emas. Faqat ular tashqi ko‘rinishda, cherkovlarga o‘xshaydi. Ichkarida rus madaniyati va urf-odatlari bilan bog‘liq turli xil muzeylar mavjud.  

7. Avliyo Vasiliy sobori

Qizil maydondagi mashhur soborni qurmasdan turib, yuqoridagi parkni mukammal qurib bo‘lmas edi. Faqat xitoycha nusxada xoch va boshqa diniy ramzlarni ko‘rmaysiz: chunki bu ibodatxona emas, arxitektura yodgorligi-ku.

8. Pyotr I yodgorligi

Parkda, nafaqat, binolar nusxasi, balki Rossiyaning turli shaharlaridagi haykaltaroshlik namunalari ham mavjud. “Bronza chavandoz”dan tashqari, bu yerda Pushkin, Turgenev, Gagarin yodgorliklari, shuningdek "Ishchi va kolxozchi qiz" haykalini va "Vatan" monumentining kichik nusxasini topishingiz mumkin.

9. Qirol qo‘ng‘irog‘i

Hatto afsonaviy Kremldagi Qirol qo‘ng‘irog‘i nusxasi ham bor. Parkning markazida balandligi 72 metr bo‘lgan ulkan matryoshka ko‘rinishidagi mehmonxona joylashgan bo‘lib, uning ichida 450 ta hashamatli xonalar bo‘lib, ichki qismi Rossiya imperiyasi uslubida qilingan.

10. Londondagi Tauer ko‘prigi

2012 yilda Suchjouda qurilgan Tauer ko‘prigi Londonning mashhur inshootning nusxasidir. Ammo, asl tuzilishdan farqli o‘laroq, Xitoy ko‘prigi 2 emas, 4 minoraga ega va markaziy qismi ko‘tarilmaydi. Xitoy nusxasining har bir minorasi balandligi 40 m, asl minoralari Temza daryosidan 65 metr balandlikda ko‘tarilgan, ammo bir necha yil oldin Suchjou ko‘prigi to‘liq rekonstruktsiya qilingan va minoraga o‘xshashlikni yo‘qotgan.

11. Temzadagi shaharcha

2001 yildan boshlab, Shanxayning atrofida yangi loyiha boshlandi, uning doirasida butun turar joy massivlari dunyoning turli shaharlari sifatida ta’riflandi. Majmuada keng miqyosli tuman Temza shaharchasi edi - odatiy ingliz arxitekturasi, mashhur qizil telefon qutilari va hatto Cherchillga o‘rnatilgan yodgorlik mavjud.

12. Golland shahri

Nankin shahridagi Mingyue ko‘li yaqida 108 million dollarlik kvartal qurildi – bu an’anaviy golland shahri qiyofasini aks ettiruvchi kvartal edi. Bir qancha ob’yektlar aynan gollandlariki bilan bir xil – Bijenkorf magazini va Amsterdamdagi dengiz muzeyi shular jumlasidandir.

13. Stounxenj

1993 yilda ochilgan Pekindagi Jahon parki dunyoning 50 dan oshiq mamlakatlarining tabiiy va arxitekturaviy yodgorliklari nusxasini o‘z ichiga olgan. Masalan, bu yerda afsonaviy Britaniyadagi yodgorlik Stounxenj repliksini topishingiz mumkin.

14. Ramzes II maqbarasi

Pekindagi parkda, shuningdek, Abu-Simbel nusxasi ham bo‘lib, unda “ko‘k soqolli fir’avn” haykali ham bor.

15. Italiya Venesiyasi

Xitoyda, sun’iy kanallariga ega o‘z Venetsiyasi bor. To‘laligicha italyancha qurilgan shaharcha qiymati 600 mln dollar turadi.

16. Florensiya kvartali

Tyanszin port shahri yaqinida florensiyacha uslubni o‘zida mujassamlashtirgan savdo majmuasi bor. Bu yerda kichik kanallar, ko‘priklar va uychalar hamda do‘konlar bor.

17. Sfinks

2015 yil martida Chuchjou shahrida qadimgi Misr Sfinksi nusxasini qurish boshlandi. Uning atrofida bir nechta piramidalar qurish rejalashtirilgan.

18. Kapitoliy

Fuyanda 4 mln dollarga Kapitoliy nusxasi barpo etilgan. Mahalliy aholi uni ha “Oq uy” deb atashadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан