Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyliklar Oyning orqa tomonida noyob kashfiyot qilishdi
16.05.2019 21:01,  
25

Xitoyning “Yuytu-2” lunoxodi Oyning orqa tomonida Oy mantiyasining ikki xil jinslarini topdi. 

Olimlar shu paytgacha uning borligiga shubha qilib kelgan edi. Uning o‘rganilishi Yer va uning yo‘ldoshining shakllanishi tarixini ochib beradi.

"Ajablanarlisi shuki, “Appolon”lar ham, sovet zondlari ham Yerga Oy mantiyasidan biror namuna keltirmagan. “Yuytu-2” esa NASA zondi o‘lchovlari ko‘rsatganidek, Janubiy qutb-Eytken havzasi tubidagi kraterga qo‘nib, uning tarkibi haqida birinchilardan bo‘lib ma’lumot oldi”, — deya kashfiyotga izoh bergan Tuluza universiteti paleontologi Patrik Pine (Patrick Pinet).

Xitoyning “Chan’e” Oyni zondlash dasturi o‘z ichiga uchta bosqichni oladi: Oy atrofini aylanib chiqish, Oyga qo‘nish va uning sathidan Yerga namunalar olib kelish. Dastlabki ikki bosqich xitoylik muhandislar va raketachilari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Xitoy 2019 yilda ushbu dasturning navbatdagi bosqichi — tarixda ilk bor Oyning orqa tarafiga qo‘nishni amalga oshirishni boshladi.

Buning uchun 2018 yil may oyida noyob “Chan’e-4” qo‘nish moslamasi Oyga qo‘ndirildi.

“Yuytu-2” lunoxodi to‘rt oy davomida Yer yo‘ldoshida ish olib borib, hozir ham buni davom ettirmoqda.

Hozirda “Chan’e-4” tadqiqot guruhi ommaga “Yuytu-2” to‘plagan dastlabki ilmiy ma’lumotlar taqdim etdi. Missiya boshlig‘i Chunlay Li va uning hamkasblarining ta’kidlashicha, Oy yuzasi qanday jinslardan tarkib topgani va uning turli qismlarida qanchalik farq qilishi olimlarni allaqachon qiziqtirib qo‘ygan.

Gap shundaki, olimlar hozirda Yer va Oyning ichki tuzilishi har xil ssenariyga ko‘ra turlicha shakllangan, degan fikrda. Yerdan farqli ravishda Oyda tektonik jarayonlar bo‘lmagan. Yer qa’ri u paydo bo‘lganidan so‘ng bir necha o‘n millionlab yil o‘tganidan keyin nisbatan tez sovugan.

Xitoyliklar o‘tkazayotgan tadqiqotlar bu borada qiziqtirayotgan barcha savollarga javob topishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning “Chan’e-4” kosmik qurilmasida Oyga olib chiqilgan paxta urug‘lari (chigitlar) nish urib chiqqandi. Biroq ular nobud bo‘ldi. Olimlar o‘simliklarning nobud bo‘lishiga sabab Yerning yo‘ldoshida tun ekanligini va unda havo harorati - 170 darajagacha tushishi mumkinligi bilan tushuntirishgan.

Oyga chigitdan (paxta urug‘i) tashqari, raps (karam turi), kartoshka va moyli o‘simliklar urug‘lari yetkazilgandi, biroq ularning birortasi ko‘karib chiqmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан