Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyliklar Yangi yil bayramida uyda o‘tirsa, pul bilan mukofotlanadi
29.01.2021 08:33,  
215

Xitoyliklar Yangi yil bayramida uyda o‘tirsa, pul bilan mukofotlanadi
Xitoyning ayrim shaharlarida aholining Yangi yil bayramini uyda o‘tkazishi uchun pul to‘lash boshlandi. Bu haqda  «Korrespondent.net» yozmoqda.

Yangi yil — Xitoydagi eng katta ko‘lamli va eng muhim bayram. Bu yil bayram 12 fevraldan 27 fevralgacha davom etadi. Rasmiy ravishda xitoyliklar yetti kun — 12–18 fevral kunlari dam oladi.

«Bu koronavirus tarqalishining oldini olish uchun, ayniqsa, mamlakat shimoli-sharqida yangi virus o‘choqlari paydo bo‘layotgan bir paytda juda zarur», — deya izohlaydi shahar hokimiyati ularning qarorini.

Ba’zi shaharlarda «bayramni uyda o‘tkazish uchun» ming Xitoy yuani(155 dollar) taklif qilindi. Ba’zilarida yirik diqqatga sazovor joylarga bepul kirish imkoniyati berildi. Chansha shahar okrugi tumanlaridan birida uyda o‘tirganlarga 30 gigabayt mobil Internet, 200 ta elektron kitob va bepul maskalar tarqatildi.

Xitoy hukumati talabiga ko‘ra, uyga qaytmoqchi bo‘lganlar COVID-19’ga topshirgan testi natijasi salbiyligini ko‘rsatishi va 14 kunlik karantindan o‘tishi lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан