Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoyning YaIMi 28 yil ichida birinchi marta pasaydi
17.04.2020 15:13,  
152

Xitoy davlat statistika byurosi tomonidan juma kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi ta’siri ostida Xitoyning YaIM 2020 yil birinchi choragida yiliga 6.8 foizga pasaygan.

Xitoy iqtisodiyoti statistikani e’lon qilishni boshlagan 1992 yildan beri birinchi marta salbiy o‘sishni ko‘rsatdi.

Hisobotga ko‘ra, Xitoyning yalpi ichki mahsuloti yillik hisobda 20,650 trln yuanni (qariyb uch trln dollar ) tashkil etdi.

Ko‘rsatkich 6,5 foizga pasayishini prognoz qilgan mutaxassislar kutganidan ham yomonroq bo‘ldi.

2019 yilning birinchi choragida Xitoyning yalpi ichki mahsuloti 6,4 foizga o‘sdi. 2019 yil oxirida Xitoy iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik maqomini saqlab, 6,1 foizga o‘sgan edi.

Mavzuga doir: Xitoy hukumati fuqarolarga avtomobillar sotib olish uchun subsidiyalar beryapti

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан