Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xiva 2020 Turkiy dunyo madaniyati poytaxti logotipi tasdiqlandi
19.02.2020 16:18,  
129

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY doimiy kengashining 37-majlisida 2020 yilda Xiva shahri turkiy dunyo madaniyat poytaxti, deb e’lon qilingan edi.

Xiva shahriga bu maqomni berish taklifi 2018 yil sentyabr oyida Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VI sammitida bildirilgan.

Turkiy dunyo madaniyat poytaxti sifatida har yili Turkiy tilli davlatlar shaharlaridan biri tanlab olinadi. 

2018 yil ushbu nom Turkiyaning Kastamonu shahriga nasib etgan bo‘lsa, 2019 yilda esa bu maqomga Qirg‘izistonning O‘sh shahri egalik qildi. 

Ma’lumot o‘rnida: Mazkur maqom Turksoy xalqaro madaniyati tashkiloti tomonidan beriladi. Tashkilot Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston ishtirokida 1993 yil 12 iyulda tashkil topgan. Hozirgi kunda ushbu tashkilotga 6 ta mamlakat a’zo. 

Uning bosh qarorgohi esa Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан