Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xiva 2020 yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti etib e’lon qilindi
30.11.2019 16:03,  
254

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida turkiy dunyoning madaniy tashkiloti Turksoyning 37-kengashi ish boshladi.

"O‘sh — 2019 yil turk dunyosi madaniy poytaxti" tadbirining yopilish marosimida O‘zbekistonning Xiva shahri 2020 yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti etib e’lon qilindi.

2012 yildan Turk dunyosi madaniy poytaxti sifatida har yili Turkiy tilli davlatlar shaharlaridan biri tanlab olinadi. 2012 yilda Nur-Sulton (Qozog‘iston), 2013 yilda Eskishehir (Turkiya), 2014 yilda Qozon (Tatariston), 2015 yilda Marv (Turkmaniston), 2016 yilda Sheki (Ozarbayjon), 2017 yilda Turkiston (Qozog‘iston), 2018 yilda Kastamonu (Turkiya) va 2019 yilda O‘sh (Qirg‘iziston) bu nomga egalik qilgan.

Mazkur maqom Turksoy xalqaro madaniyati tashkiloti tomonidan beriladi. Tashkilot Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston ishtirokida 1993 yil 12 iyulda tashkil topgan. Uning bosh qarorgohi esa Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan. Hozirgi vaqtda tashkilotga 13 mamlakat a’zo.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан