Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin qoidalarini buzib «Tashkent City»da to‘y qilgan xonanda jarimaga tortildi
16.09.2020 17:27,  
2960

Estrada yulduzi Vohidjon Isoqov karantin qoidalariga zid ravishda to‘y qilgani uchun jarimaga tortildi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vohidjon Isoqovning poytaxtning Shayxontohur tumanidagi «Tashkent City» parkida o‘tkazilgan to‘yida mehmonlar soni 50 kishidan oshgan.

To‘y tadbirlariga oid internetda tarqalgan foto va videolarga asosan Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan tadbir tashkillashtirilgan va 32 yoshli Isoqov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasiga binoan jarimaga tortilgan. Jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravari hajmida (1 115 000 so‘m).

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sanitariya-epidemiologiya talablariga jiddiy qarashingizni so‘raymiz. Turli marosimlar o‘zingizni va yaqinlaringizni hayotini xavf ostiga qo‘yish uchun sabab bo‘la olmaydi”, - deya eslatadi IIBB.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 31 avgustdagi 45-sonli bayoniga muvofiq 30 kishilik to‘y o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Avvalroq, 17 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda va mahalliy OAVlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning kichik qiziga tug‘ilgan kun qilib bergani haqida videolar va fotolar tarqalgan edi. Estrada yulduzi Munisa Rizayeva ishtirok etgan marosimda ham karantin qoidalari buzilgan ko‘rilgan edi. Ijtimoiy masofalanish qoidalari, majburiy tartibda tibbiy niqobdan foydalanish qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan edi. Biroq rasmiy yoki norasmiy manbalar orqali na Andijon hokimi, na uning mehmonlari karantin qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortilgani ma’lum qilindi.

Kecha, 15 sentyabr kuni AOKAda tashkil etilgan brifingda so‘zga chiqqan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov: “Avvalo, respublikamizda hali karantin choralari bekor qilinmagan, balki yumshatilgan.

Ammo fuqarolarning noto‘g‘ri tushunganliklari natijasida aholi orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni kamaymayotganligi sir emas.

Bir narsani unutmaslik kerak “men, sen, ular” deyilganidek, karantin tadbirlari kuchaytirilishi va yumshatilishi bizning hatti-harakatlarimizga bog‘liq, agar biz karantin va cheklov tadbirlarini mensinmas ekanmiz, profilaktik tadbirlarni unutib qo‘yarkanmiz, mutaxassis shifokorlarning tavsiyalariga rioya etmas ekanmiz, u holda kasallik ko‘payib ketishiga va Respublika Maxsus komissiyasini karantin choralari kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur qilamiz”, - degan edi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан