Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xonanda Lola AQLVOY telekanali atrofidagi muhokamalarni “bir qadam oldinga, ikki qadam orqaga” deya baholadi
22.06.2021 11:30,  
471

Avvalroq bolalar uchun mo‘ljallangan ’AQLVOY’ telekanalida efirga uzatilgan kadr tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

Telekanal ma’muriyati ushbu holatga izoh berishda kadr efirlarga inson omili sabab tushib qolganini aytgan. Shunday bo‘lsada, huquq tartibot organlari bunday holatlar uchun jazo borligini bildirib, kontentlarni kuzatish va tekshirish uchun qo‘shimcha xodimlarni jalb qilganini ta’kidlab, nazorat kuchaytirilganini ma’lum qilgan edi.

Kadrlar efirga ketgach foydalanuvchilar ushbu lavhalar bilan tarmoqlarni “zaharlab” tashladi.

Xonanda Lola esa jamiyat fikrini qo‘llab-quvvatlamadi va telekanal ma’muriyati bunday san’at asarlarini hamda boshqa mashhur kontentlarni bolalarga ko‘rsatish kerakligini ta’kidladi. Shunga o‘xshash holatlarga bunday munosabat va reaksiya bildirilishini “bir qadam oldinga, ikki qadam orqaga” deya baholadi. Xonanda shuningdek, bundan muhim ishlar turganda butun mamlakat Shahrizodaning o‘z shaxzodasidan bo‘sa olayotganini muhokama qilayotganini tanqid qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан