Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazm koronavirusdan xoli hududga aylandi
26.05.2020 19:54,  
211

Ayni soatlarda Xorazm viloyatida 3 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar hamda Samarqand viloyatida 2 nafar, jami 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Xorazmda bugun tuzalgan 3 nafar fuqaro bilan viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan jami 233 nafar bemorning barchasi sog‘aydi.

Namanganda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Namangan shahri, Uychi va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, 5 nafari erkak, 2 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 75 yoshli onaxon bo‘lsa, yoshi kichiga 17 yoshda. Viloyatdan ani paytga qadar 240 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 247 nafarga yetib, davolanayotganlar 3 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu viloyat  ham koronavirusdan holi hudud bo‘lishga yaqin turibdi.

Samarqandda tuzalganlar ham (30 yoshli va 24 yoshli erkak) ushbu viloyatdan bo‘lib, Toyloq va Samarqand tumanlaridan. Endilikda viloyatda sog‘ayganlar 249 nafarga yetib, davolanayotganlar 89 nafarni tashkil qilmoqda.

Shunday qilib, bugun 29 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2636 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан