Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazm viloyati hokimi joylarda haftalab elektr energiyasi bo‘lmasligi sababini izohladi
9.01.2019 13:42,  
6

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov viloyatda uch-to‘rt kun, ayrim hollarda haftalab elektr energiyasi bo‘lmasligini izohladi:

– Viloyatda jami 348 mingdan ortiq aholi xonadoni elektr iste’molchisi, 18,4 mingdan ortiq ulgurji elektr iste’molchilari mavjud bo‘lib, ularni bir soatlik elektr energiyasiga bo‘lgan talabi 260 - 270 Mvt. ni tashkil qiladi. Iste’molchilar asosan Urganch shahrida joylashgan “Xorazm” 220/110/10 kV kuchlanishli podstansiyaga o‘rnatilgan 2 ta har biri quvvati 125 MVA bo‘lgan avtotransformator orqali ta’minlangan. Bu avtotransformatorlarning o‘tkazuvchanlik quvvati 210 MVt. ni tashkil qilib, 50-60 Mvt. elektr energiya quvvati yetishmas edi. Bu esa aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lib kelgan.

Vaziyatni to‘g‘rilash uchun “Xorazm” 220/110/10 kV kuchlanishli podstansiya rekonstruksiya qilinib quvvati 200 MVA bo‘lgan qo‘shimcha avtotransformator o‘rnatildi.

2019-2020 yillarda Xorazm viloyatiga qo‘shimcha ravishda “Taxiatosh – Xorazm –Sarimay” 220 kV kuchlanishli havo liniyasi qurilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida viloyatga qo‘shimcha ravishda 100 Mvt. elektr energiyasi quvvati bilan ta’minlash imkoniyati mavjud bo‘ladi.

2018 yil 1 dekabrdan boshlab Turkmanistonning Toshxovuz viloyatidan Xorazm viloyatiga soatiga 100 Mvt. elektr energiyasi import qilish masalasi ijobiy hal qilindi.

Natijada iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish yaxshilanib, elektr energiyasi bo‘yicha uzilishlar bartaraf qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан