Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazm viloyati hokimi Malayziyaga yo‘l olmoqda
20.01.2019 13:58,  
25

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov boshchiligidagi viloyat ishbilarmonlar vakillari ishtirokidagi delegatsiya 23-26 yanvar kunlari Malayziyada bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Tashrif doirasida vazirliklar, idoralar, yirik sanoat korxonalari, importyorlar, turistik kompaniyalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi, shuningdek, Malayziya tashqi savdo taraqqiyoti korporatsiyasi, Malayziya ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi bilan hamkorlikda biznes forumi va «B2B» shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tadi, deyilgan O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ma’lumotida.  

Kelishuvlar natijalariga ko‘ra istiqbolli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilish va Malayziyaning yetakchi universitetlari filiallarini Xorazm viloyatida ochish bo‘yicha hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan, respublikaga investitsiyalarni faol jalb qilish maqsadida, viloyat hokimiyatlari va elchixonalar hamkorlikda xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston sarmoyaviy hamda turistik salohiyatlarini keng namoyish qilish bilan shug‘ullanadi.   

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан