Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazm viloyati hokimligi qizlar striptizi aslida qayerda bo‘lganligini ma’lum qildi
1.07.2019 13:45,  
128

Restoranda qizlar striptiz namoyish etayotgani aks etgan videodagi voqealar Xorazmda emas, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Poytaxt» restoranida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi  ma’lum qildi.

Avvalroq, Facebook’dagi «Xalq bilan muloqot» guruhida Urganch shahrida joylashgan restoranlarda g‘arbdan qolishmaydigan tomosha haqida post joylashtirilgan. Unda Urganchdagi restoranlardan birida qizlar yarim-yalang‘och yechinib, striptiz tushayotgani va odamlar ularga pul qistirib, telefoniga suratga olish bilan ovora ekanligi aytilgan.

Xorazm viloyati hokimligi xodimi Iftixor Rajabboyevning ma’lum qilishicha, videoda aks etgan voqea Sankt-Peterburg shahridagi «Poytaxt» restoranida bo‘lib o‘tgan.

«Ushbu video Xorazm viloyatida emas, 17 iyun kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Poytaxt» restoranida olingan. O‘sha yerda mehmon bo‘lgan xorazmlik yigitlar bilan birma-bir gaplashdik. Ular buni tasdiqladi», — dedi hokimlik vakili.

Iftixor Rajabboyevning qo‘shimcha qilishicha, tarmoqlarda tarqalgan video bo‘yicha viloyat ichki ishlar boshqrmasi surishtiruv olib bormoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан