Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazm viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
12.10.2020 11:34,  
169

Xorazm viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Farxod Ermanov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Qudratxodjayev Botir Baxromovich Xorazm viloyatiga prokuror etib tayinlandi.

Botir Qudratxodjayev bungacha Toshkent shahri prokurori bo‘lgan (2016−2017), undan avvalroq Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi, viloyat prokurori bo‘lib ishlagan (2014−2016). 

U 2017 yil iyunidan  hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.  

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil fevralidan  hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Jahongir Hotamov Namanganga prokuror etib tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан