Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazm viloyatining katta qismida salkam bir kunga elektr ta’minotidan uzildi
22.02.2020 18:30,  
166

Xorazm viloyatining ba’zi tumanlari va shaharlarida 22 fevral kuni elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasi ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasining 7-energiya blokida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari tufayli ba’zi tumanlar va shaharlar kun davomida elektr ta’minotidan uziladi.

Qayd etishlaricha, IESdagi ta’mirlash ishlari 22 fevral kuni soat 23:55 gacha davom etadi.

Ma’lumot uchun, Taxiatosh IES Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh shaharchasida joylashgan bo‘lib, Qoraqalpog‘iston va Xorazmni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi asosiy manbalardan biridir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан