Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmcha tender. «Zamhokim»ning ukasiga tegishli kompaniya 20 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasini yutgan
28.12.2020 18:49,  
385

Telegramdagi «davletovuz» kanali o‘z surishtiruvlarini davom ettirib, Andijon va Jizzax ortidan Xorazmdagi holatni ochiqladi.

Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Qurbanov Baxrom Sharipovich tayinlanganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Bu lavozimda 2020 yilning martidan beri ishlab keladi. U viloyatda qurilish kompleksida pudrat, loyiha ishlariga bo‘lgan davlat buyurtmasini tender asosida joylashtirishni, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.

Shu yilning 25 iyun kuni Qurbanov Baxrom Sharipovich raisligida Xorazm viloyati Urganch shahridagi perinatal markazini rekonstruksiya qilish bo‘yicha tender savdo komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tadi. Komissiya qiymati 20 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan inshootni qurish uchun «Bunyodkor» MChJni g‘olib sifatida tanlab oladi. Mazkur korxona ulushlari, yuridik shaxslar reyestriga ko‘ra, to‘lig‘icha Kurbanov Ulugbek Sharipovichga taalluqli. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, u viloyat hokimi o‘rinbosari, tender komissiyasi raisi Baxrom Qurbanovning yaqin qarindoshi — ukasi hisoblanadi.

Mazkur kompaniya, shuningdek, Urganch shahar Ashxobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichimlik suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tenderda ham g‘olib bo‘lgan. Tender natijalari 2020 yil sentyabr oyida e’lon qilingan. Qariyb 7 mlrd so‘mlik ob’yekt bo‘yicha tender komissiyasi raisi Uy-joy va kommunal xo‘jalik vaziri bo‘lgan, lekin u yig‘ilishda «uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan».

«Bizning-cha, nazorat organlari mazkur kompaniyaning Baxrom Qurbanovning eski lavozimlarda ishlagan paytida olgan buyurtmalarini ham o‘rganib ko‘rishi lozim», qayd etadi bloger.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан