Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmda 20,4 mlrd so‘mlik qurilish tenderini viloyat ”zamhokimi”ning yaqin qarindoshi yutib chiqdi
24.11.2021 16:50,  
298

Ta’sischisi Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari va tender komissiyasi raisining ukasi bo‘lgan quruvchi kompaniya 20,4 mlrd so‘mlik rekonstruksiya qilish tender g‘olibi bo‘lgan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan anjumanda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021 yilning 6 oyida 461,3 mlrd so‘mlik qiymatdagi davlat xaridlari yuzasidan 59 ta qurilish ob’yektlarida o‘rganish o‘tkazildi.

Xorazm viloyatida viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligidagi qiymati 20,4 mlrd so‘mlik “Urganch shahridagi perinatal markazini rekonstruksiya qilish” ob’yekti o‘rganilganida tender g‘olibi bo‘lgan tashkilot ta’sischisi Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari va tender komissiyasi raisining yaqin qarindoshi, ya’ni tug‘ishgan ukasi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан