Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmda 4 nafar erkak bir qizga tashlangani aytilgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
8.09.2021 22:21,  
462

7 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Xorazmning Bog‘ot tumanida to‘rt nafar erkak bir qizga tashlandi» nomli sarlavha ostida videolavha tarqaldi. Ushbu videolavha Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi va holatga aniqlik kiritildi.

Ma’lum bo‘lishicha, videolavhada aks etgan jarayon 29 avgust kuni Bog‘ot tumani IIB ma’muriy binosida oldida qayd etilgan holat bo‘lib, bunda ishtirokchilar bir-birlarini o‘zaro haqoratlagan, lekin bir-biriga nisbatan jismoniy kuch ishlatmagan.

Videolavhada jabrlanuvchi sifatida tanishtirilgan, Bog‘ot tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan G.S. ismli ayol shu tumanda yashovchi, A.O va A.N. va D.M. ismli erkaklarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, Bog‘ot tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan, o‘z navbatida ushbu erkaklar ham arizachi G.S.ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, Bog‘ot tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Xabarda alohida qayd etilishicha, G.S.ni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida himoya orderi rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан