Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmda ayolni stanok «yutib yubordi». Prokuratura tafsilotlarni ma’lum qildi
20.08.2021 22:54,  
3603

Xonqa tumani, Mustaqillik mahallasida joylashgan «Qoraqosh ta’mir plast servis» XKda yollanma ishchi M. Sobirova ish jarayonida karxonaning plastlik mahsulotlarni maydalash bo‘limidagi texnika xavfsizligi talabiga javob bermaydigan qo‘lbola usulida yasalgan plastik mahsulotlarni maydalovchi stanokning ichiga tushib ketgan. Fojia aks etgan video bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Voqea 2021 yil 8 iyul kuni soat 9:15 larda sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.  

Buning oqibatida ayol chap yelka sohasi yuqori uchligidan va chanoq-son bo‘g‘imidan chap oyog‘i jarohatdan keyingi to‘liq amputatsiyasi bilan bog‘liq tan jarohatlari bilan vafot etgan. Holat bo‘yicha 8 iyul kuni JKning 257-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Korxonada mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha viloyat bandlikka ko‘maklashish bosh boshqarmasi tomonidan tekshirish o‘tkazilgan.

Tekshirishda fuqaro M. Sobirovaning vafot etishiga korxonada xodimlarning xavfsizlik texnikasi talab va qoidalariga rioya qilishlari ustidan bo‘lgan nazorat sustligi, xodimlarga xavfsiz mehnat usullari o‘rgatilmaganligi, belgilangan tartibda ishchilar mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitilmaganligi, korxonada ishlar noto‘g‘ri tashkil etilishi va ish joyida xavfsiz mehnat sharoiti yaratilmaganligi, marhuma texnika xavfsizligi qoidalarini bilmasligi, tajribasizligi, o‘zboshimchaligi, shoshma-shosharlik qilib, maydalash va yuvish uskunasi ichiga tushib, plastik chiqindilardan tozalashga uringanligi sabab bo‘lganligi aniqlangan.

Shu bois, korxona rahbari Sh. Nurmetov JKning 257-moddasi 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etish uchun jalb qilingan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан