Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmda bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlandi. Er-xotin va bir farzand vafot etdi
22.02.2021 20:51,  
115

Joriy yil 20 fevral kuni soat 17:40 larda Xorazm viloyatining Shovot tumani, Shovot mahallasida joylashgan “Ortiq ota” nomli choyxonada, egasi fuqaro K.O., uning turmush o‘rtog‘i I.S., hamda farzandlari Z.O., O.O., va X.O.,lar  choyxonaning oshxonasida joylashgan gaz o‘chog‘idan gaz sizib chiqishi natijasida is gazidan zaharlanganlar. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijada K.O., turmush o‘rtog‘i I.S., va farzandi X.O., hodisa joyida vafot etishgan, ikki nafar farzandi Z.O., va O.O.,lar kuchli zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

"Alohida qayd etish kerakki, bu borada befarq bo‘lmaslik, xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etishlik haqida ko‘plab tushuntirishlar, xabarlar va ma’lumotlar tarqatilgan va bu ishlar davom ettirilmoqda.  

Pandemiya sharoitida odamlardan barcha holatlarda o‘z turmushiga, hayot tarziga e’tiborliroq bo‘lishi, o‘z xavfsizligi barobarida boshqalarning ham osoyishtaligini o‘ylash lozimligi ko‘p bora ta’kidlanib kelinyapti.

Achinarlisi, odamlar o‘z befarqligi tufayli yaqinlarining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda", deya ogohlantirmoqda Bosh prokuratura.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан