Valyuta kursi: O'z.R.Markaziy banki
USD
AQSH dollari
EUR
Evro
RUB
Rossiya rubli
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

So'nggi yangiliklar








Xorazmda chiqindi tashlash joyidan chaqaloq murdasi topildi
26.01.2022 20:44,  
421

Ijtimoiy tarmoqlardagi "Xorazmda yangi tug‘ilgan chaqaloqni musorga tashlab ketilgani" nomli tanqidiy video o‘rganildi.

Aniqlanishicha, 01.01.2022 yilda Urganch shahar, A.Temur va Gurlan ko‘chalari o‘rtasida joylashgan chiqindi tashlash joyidan o‘lik holatda, yetilmagan, qiz jinsiga mansub chaqaloq murdasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruvda tayinlangan Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy Markazi Xorazm filialining 

2-sonli xulosasida shaxsi noma’lum qiz jinsiga mansub, chaqaloqning o‘limiga yetilmaganlik va hayotga layoqatsizlik sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ekspert xulosasiga ko‘ra, chaqaloq ona qornida 5,5 - 6 oy yashagan bo‘lishi mumkinligi, chaqaloq murdasida tan jarohatlari aniqlanmaganligi, chaqaloqning murdasidan olingan qon va homila yo‘ldoshida homiladorlikni jarrohlik aralashuvisiz erta tugatishda qo‘llaniladigan sintetik preparat “mifepriston” dori vositasi qoldiqlari topilgan. 

Tekshiruv davomida chaqaloqning onasi aniqlanmagan.

Hozirda tekrgovga qadar tekshiruv Urganch shahar prokuraturasi tomonidan davom ettirilmoqda, tekshiruvning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan

Tavsiya etamiz








Tavsiya etamiz

Har doim xabardor bo'ling!

carzone.uz. mobil ilovalarini ko'chirib oling va barcha yangiliklar siz bilan