Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmda fuqaro o‘zini baland bino tomidan tashlamoqchi bo‘ldi
27.01.2021 09:05,  
147

Bu haqida Zamon.uz’ Xorazm viloyati IIB matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Voqea 23 yanvar kuni soat 13:30larda Xazorasp tumani tibbiyot birlashmasida sodir bo‘lgan.  

Xazorasp tumanida yashovchi, 1977 yil tug‘ilgan shaxs tibbiyot birlashmasi tomiga chiqqan. O‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘lgan shaxs tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan pastga olib tushilgan. 

Qayd etilishicha, u o‘zining xatti-harakatlarini anglay olmaydigan  darajada kuchli mast holatida bo‘lgan. Fuqaro oila a’zolari hamrohligida qo‘yib yuborilgan.  

Hozirda Xazorasp IIB tomonidan shaxsning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан