Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmda giyohvand moddalar sotuvi bo‘yicha faktlar...
27.03.2021 15:13,  
75

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi axborotiga ko‘ra, Xorazm viloyatida bir necha jinoyat va qonun buzilish holatlari qayd etildi.

2021 yilning 19 mart kuni, “Zarbdor oyligi” doirasida Xazorasp tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1965 y.t. Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Sho‘raxon” OFYda yashovchi fuqaro A.M Hazorasp tumani Yangibozor qishlog‘i “Qirtepa” mahallasidagi “Hazrati Shayx Qosim bobo” jome masjidi yonida maxsus xaridorga 1 gramm “geroin” giyohvandlik moddasini 1.000.000 so‘mdan kelishib, 0,5 grammini 500.000 so‘mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Shuningdek, M.A. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, haydovchi o‘rindig‘ining chexoli orasidan sellofan paketga solingan “geroin” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

20 mart kuni viloyat IIB JQB hamda Xazorasp tumani IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1949 y.t., muqaddam Jinoyat kodeksning 273-moddasi bilan sudlangan, Qoraqolpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Oqqamish” OFYda yashovchi fuqaro A.A. Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Oqqamish” OFYda maxsus xaridorga 2 gramm “geroin” giyohvandlik moddasini 2.050.000 so‘mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Shuningdek, A.Aning yonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi kiyimining cho‘ntagidan bir bo‘lak oq sellofan paketga solingan  “geroin” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksning 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан