Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmda hokim o‘rinbosari qo‘lga tushdi
25.03.2022 18:51,  
440

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Hazorasp tuman hokimining o‘rinbosari U.A. mansab mavqeidan foydalanib «Qirtepa» mahallasi hududida noqonuniy qurilgan turar joy binolarini buzmaslik hamda ushbu mahalladagi tuman xokimligi zaxirasida bo‘lgan 18 sotix yer maydonini turar joy qurish uchun ajratib berish evaziga fuqaro I.dan 12 000 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан