Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmda qancha oila kambag‘allikda, qanchasi o‘ta nochor kun kechiryapti?
13.03.2020 14:44,  
496

Xabar qilganimizdek, bugun Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida Xorazm viloyati va tumanlar hokimlari, mahalliy kengashlar deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tadbirkorlar, ziyolilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, majlisda viloyatning rivojlanish darajasi orqada qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot respublika ko‘rsatkichidan 1,5 barobar, sanoat mahsuloti va xizmat ko‘rsatish hajmi bo‘yicha esa 2 barobar past. Hududda 58 ming oila kambag‘allik bo‘sag‘asida kun kechirmoqda. Shundan 856 tasi o‘ta nochor ahvolda. Ko‘plab odamlar ishlash uchun xorijga ketgan. Bularning barchasidan kelib chiqib, Xorazmda 200 ming ish o‘rni yaratish zarur.

Tuman va shaharlarda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, banklarni “loyihalar fabrikasi”ga aylantirish zarurligi qayd etildi. 2,5 mingta bo‘sh turgan binolar negizida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish, “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasini yangi loyihalar bilan to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, qishloq tumanlarida pullik xizmat ko‘rsatish Urganch shahriga nisbatan 10-15 barobar pastligi ta’kidlanib, bunday ob’yektlarni keskin ko‘paytirish kerakligi belgilandi.

Avvalroq, prezident Xorazmga aholini qanday muammolar tashvishga solayotgani haqida suhbatlashgani kelganini unga ko‘proq masala aytilsa, natija bo‘lishini aytgan edi.

Shuningdek, Mirziyoyev yolg‘on, balandparvoz gapirib shu ahvolga kelganimizni va prezidentga yolg‘on gapirish — Vatanga xiyonat ekanligini ham ta’kidladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан