Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmda qiziga ruhiy zo‘ravonlik qilgan ota va amakiga qamoq jazosi tayinlandi
14.04.2021 09:26,  
583

Xorazm viloyati Xiva tumanida qiziga ruhiy zo‘ravonlik qilgan ota 5 sutkaga qamaldi.

Xabarga ko‘ra, Xiva tumanida yashovchi voyaga yetmagan qizga tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar himoya orderi berilgan. Qizda himoya orderi bo‘lishiga qaramay, otasi va amakisi unga tazyiq o‘tkazishda davom etgan. Jabrlanuvchi sudga murojaat qilib, otasi unga nisbatan uyatsiz xatti-harakatlar qilishni, haqoratlashni davom ettirayotganini va amakisi janjal ko‘tarib, o‘ldirishini aytib tahdid qilganini bildirgan.

Qarorga ko‘ra, ayblanuvchilarning sharoiti inobatga olingan va qizning otasi va amakisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunning 245, 309, 310, 311-moddalari qo‘llanilib, 2061-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan.

Qizning otasi va amakisiga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Jazoning har bir kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi qamoq xarajatlari uchun undirilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан