Xorazmda qo‘shnisiga yordamga chiqqan 21 yoshli yigit 44 yoshli mahalladoshini o‘ldirib qo‘ydi

Xorazmda qo‘shnisiga yordamga chiqqan 21 yoshli yigit 44 yoshli mahalladoshini o‘ldirib qo‘ydi

Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida yashovchi 41 yoshli D.R. ismli ayol uyida yordam so‘rab baqirganiga qo‘shnisi, 21 yoshli M.R. yordamga chiqqan vaqtida uyi oldidan mahalladoshi 44 yoshli Sh.M. yugurib ketayotganini ko‘rib, uning ortidan quvgan va oyog‘i bilan chalib yiqitib, boshiga tepgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea 2019 yil 1 iyul kuni soat 01:30 larda sodir bo‘lgan.

Natijada Sh.M. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.R. ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.