Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmda reklama monitoridagi behayo video bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi
2.04.2022 14:58,  
379

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi tomonidan 1978 yilda tug‘ilgan I.I.ga nisbatan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, I.I. xususiy korxonada haydovchi lavozimida ishlab, qo‘shimacha ravishda korxonaga tegishli monitorlarga reklama joylash vazifasini bajarib kelgan. 31 mart kuni I.I. Urganch shahrining Al-Xorazmiy va Xonqa ko‘chasi chorrahasida o‘rnatilgan reklama monitoriga 20 tadan ortiq videomaterialni joylagan va monitorda pornografik mazmundagi video namoyish etilishiga sababchi bo‘lgan.

Sud huquqbuzarning ko‘rsatmasi, ishga doir hujjatlarni o‘rganib qaror qildi. Unga ko‘ra I.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari(13 mln. 500 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

Videomateriallarni monitorga joylashda foydalanilgan mobil telefon va simsiz internet tarmog‘iga ulanish apparati davlat foydasiga musodara qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан