Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​Xorazmda Telegram orqali prezidentni haqorat qilgan shaxs qamaldi
8.02.2022 17:15,  
327

3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati Hazorasp tumani sudi tomonidan bloger Sobirjon Boboniyozov 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni manzil koloniyada o‘taydi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi — deya “Daryo” manbasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Xazorasp tumanining «Bo‘ston» qishlog‘ida yashovchi bloger O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov hamda amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilishda ayblangan.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, 31 yoshli bloger Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi «Blogerlar birlashmasi» nomli guruhga a’zo bo‘lib, mazkur guruhda O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimov hamda amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevni haqoratlovchi va faoliyatini obro‘sizlantiruvchi mazmunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri videomateriallar e’lon qilgan.

2021 yilning 21 aprelidagi sud-lingivistik ekspertiza xulosalariga ko‘ra, mazkur materiallar Jinoyat kodeksining 158-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga suiqasd qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikni ifodalaydi.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, bloger mazkur jinoyatlarni og‘irlashtiruvchi, ya’ni mast holatda takroran sodir etgan.

Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishga muvofiq, O‘zbekiston prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

2021 yilning aprelida Jizzax viloyati prokuraturasi V.K. ismli bloger (1969 yilda tug‘ilgan) YouTube va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka noto‘g‘ri talqin qilib, davlat rahbarining obro‘siga putr yetkazish va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib kelgani va holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi.

Tashanovning yozishicha, fuqaro V.K. keyinchalik sud tibbiyot ekspertizasi tomonidan aqliy nosog‘lom deb topilgan. Samarqand shahridagi 1-sonli psixiatriya shifoxonasiga majburiy davolash uchun yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан