Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmda tuman sudi raisi YTH oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi
18.05.2021 10:36,  
795

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi Maqsudbek Qilichev avtohalokat sabab vafot etdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maqsudbek Qilichev 1978 yilda tug‘ilgan bo‘lib, faoliyatini «Xalq banki» Xiva filialida oddiy ishchi sifatida boshlagan. Oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng, fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudida kotib, Xiva tuman tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi axborot maslahat konsalting markazining huquqiy maslahatchisi, advokatlik firmasi rahbari vazifalarida ishlagan.

2012—2017 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi, vafotiga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

«Xabar.uz» nashrining Xorazm viloyati IIBdagi manbasiga tayanib yozishicha, yo‘l-transport hodisasi 17 may kuni tongda yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat 05:30—06:00 larda Maqsudbek Qilichev shaxsiy avtomashinasida Xiva shahrining xalq tilida «Obvandnaya» ko‘chasida ketayotib, xavfli aylanma burilishiga yetganda boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yo‘l bo‘yidagi daraxtga urilib, voqea joyida vafot etgan.

Hozirgi vaqtda Xiva shahar IIB hamda shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан