Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorazmdagi 12 ta shahar-tuman hokimlariga jarima va hayfsan jazo choralari qo‘llanildi
20.11.2021 10:13,  
178

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov farmoyishi bilan viloyatdagi 12 ta tuman va shahar hokimlari jazoga tortildi.

Qayd etilishicha, ish faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani hamda o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshib, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun:

  • Xorazm viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Qurbonov Bahrom Sharipovich;
  • Urganch shahar hokimi Xolboyev Oybek Madaminovich;
  • Shovot tumani hokimi Otaxonov Hakimjon Ahmadjonovich;
  • Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Davletov Anvar Kenjayevich;
  • Tuproqqal’a tumani hokimi Salayev Alisher Ro‘zmetovichga

nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

Shuningdek,

  • Bog‘ot tumani hokimi Yaxshibayev Shavkat Qurambayevich,
  • Gurlan tumani hokimi Achilov Murodjon Azamatovich,
  • Qo‘shko‘pir tumani hokimi Rahimov Jo‘rabek Rahimovich,
  • Urganch tumani hokimi Sharipov Frunze Ilhomovich,
  • Hazorasp tumani hokimi Masharipov O‘ktam Rustamovich,
  • Xonqa tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Davlatov Murodbek Saparboyevich,
  • Xiva tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Matrasulov Xurmat Rahimberganovich,
  • Yangibozor tumani hokimi Qurbonov O‘ktamboy Qo‘chqorovichga

nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан