Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorijda bir necha yil yashab kelgan fuqaroga pensiya to‘liq to‘lanmaydimi?
29.06.2020 10:46,  
337

Savol: Fuqaro xorijga ketib, 3 yildan so‘ng O‘zbekistonga qaytib kelganda uning pensiya miqdori to‘liq to‘lanmaydimi?

Savolga Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati javob berdi:

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunga asosan pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun to‘lanishi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 8 sentyabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Pensiya jamg‘armasi bo‘limining aybi bilan o‘z vaqtida olinmay qolgan pensiya puli o‘tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to‘lanadi.

Bunda, o‘tgan davr uchun to‘lovlar bir yo‘la tegishli oylar uchun hisoblab chiqarib qo‘yilgan va olinmagan pensiyaning summalariga mos miqdorda to‘lanadi.

Misol uchun: Fuqaro 2016 yilning fevral oyida Rossiya Federatsiyasiga chiqib ketib, O‘zbekiston Respublikasiga 2018 yilning aprel oyida qaytib kelganida,unga o‘z vaqtida olinmay qolgan pensiya faqat o‘tgan 12 oy uchun bir yo‘la to‘lab beriladi. Bunda, 12 oylik pensiya miqdori barcha oshirishlarni hisobga olgan holda to‘lanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан