Xorijda vaksina olganlar O‘zbekistonga kelsa emlanadimi?

Xorijda vaksina olganlar O‘zbekistonga kelsa emlanadimi?

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirus "Chet elda koronavirusga qarshi emlanganlar O‘zbekistonga kelganida ham vaksinatsiyasiya jarayoniga jalb qilinadimi?" mavzusidagi savolga javob berdi. 

— Chet elda emlanib, emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar O‘zbekistonda emlanishi shart emas. Bunday holatlarda tibbiyot muassasalari xodimlariga mazkur sertifikat taqdim etiladi va fuqaro emlanganlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Xorijda vaksina qabul qilgan fuqarolar 2 yoki 3 bosqichli emlashdan to‘liq o‘tganlaridan so‘nggina emlanganlik sertifikatini oladilar. Ba’zi davlatlarda sertifikat o‘rniga ma’lumotnoma beriladi. Bu ma’lumotnomada emlashning barcha bosqichidan to‘liq o‘tgan yoki o‘tmaganlik to‘g‘risida yozuvlar kiritilgan bo‘ladi. Bu hujjat tibbiyot xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgach, mazkur fuqaroni emlash bo‘yicha xulosa qilinadi.

Agar fuqaro chet elda ham mamlakatimizda qo‘llanilayotgan vaksina bilan emlanishni boshlagan bo‘lsa, keyingi bosqichlarni yurtimizda davom ettirishi mumkin.