Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorijdagi yurtdoshlarimizni qaytarishda temir yul transportidan ham foydalanilyaptimi?
6.05.2020 18:22,  
334

AOKA shtabiga kelib tushayotgan savollarga Transport vaziri matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov javob bermoqda.

Savol: Chet elda qolgan yurtdoshlarimizni yurtga qaytarishda temir yul transportidan ham foydalanilyaptimi? Agar foydalanilayotgan bo‘lsa, chet eldagi fuqarolarimiz poyezdlarda kelishlari uchun qayerga murojaat qilishlari mumkin?

Javob: Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 16 martdan boshlab O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan barcha xalqaro avia, avto va temir yo‘l qatnovlarini vaqtincha bekor qilish to‘g‘risidagi qarori bilan xalqaro yo‘nalishlarda harakatlanuvchi poyezdlar qatnovi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Xalqaro yo‘nalishlarda harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlar 2020 yilning 22 mart kuniga qadar yo‘lovchilarni olib kirdi. Yo‘lovchi poyezdlarda kirib kelgan 2257 nafar fuqaro yurtimizning turli viloyatlarida tashkil qilingan karantin zonalariga yetkazib qo‘yildi. Hozirda xorijiy mamlakatlar hududlarida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga qaytarishda temir yo‘l transportidan foydalanilmayapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан