Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorijdan o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali joriy yilgi kirish ballari bilan bir xil bo‘ladi
3.10.2021 15:11,  
123

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov «Xalqaro press-klub»da o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rejalashtirilayotgan muhim o‘zgarishlarni sanab o‘tdi.

Jumladan, kelgusi yildan xorijdan o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali joriy yilgi kirish ballari bilan bir xil bo‘ladi.

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish imtihonlari Davlat test markazida o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, ichki o‘qishni ko‘chirish ham optimallashadi.

Vazirning ma’lum qilishicha, joriy yilda 98 ming talaba xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirgan va 95 ming nafari testga kirishgan. Ularning 45 ming nafari Qirg‘iziston, 25 ming nafari Qozog‘iston, 14 ming nafari Tojikiston OTMlaridan. Shundan 30 foiz, ya’ni qariyb 27 ming talaba mahalliy OTMlarga kelib qo‘shilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан