Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorijdan qaytayotgan fuqarolar shaxsiy foydalanish uchun qancha miqdorda dori vositalarini olib kirishi mumkin?
6.08.2020 16:05,  
198

Kecha AOKA huzuridagi shtabda Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda dolzarb savollarga javob qaytarildi:

Savol: Xorijdan charter reyslar orqali kirib kelayotgan fuqarolar o‘zlari bilan shaxsiy foydalanishi uchun qancha miqdorda dori vositalari va tibbiy buyumlarni olib kirishi mumkin?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi 191-son «Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Qaroriga muvofiq:

Yashash yoki bo‘lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan quyidagilar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib o‘tilishi mumkin:

  • - turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uchun 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan dori vositalari;
  • 5 birlikdan ortiq bo‘lmagan tibbiy buyumlar.

Bunda bir o‘ramda:

  • - qattiq (tabletkalar, drajelar, granulalar, kukunlar, kapsulalar) dori shakllari uchun — 100 birlikdan ortiq emas;
  • - eritma tayyorlash uchun qo‘llaniladigan kukunlar uchun — 500 grammdan ortiq emas;
  • - granula shakldagi gomeopatik dori vositalari uchun — 50 grammdan ortiq emas;
  • - infuzion eritmalar va oral (og‘iz orqali) qo‘llaniladigan eritmalar uchun — 500 millilitrdan ortiq emas;
  • - in’yeksiyalar uchun eritmalar — 10 ampuladan yoki 10 flakondan ortiq emas;
  • - tashqi dorilar uchun — 200 millilitrdan yoki 200 grammdan ortiq emas.

Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchining o‘ramida bo‘lishi kerak.

Dori vositalarini yuqorida ko‘rsatilganidan ortiq miqdorda olib kirish va olib chiqishda jismoniy shaxslar bojxona organlariga bo‘lish yoki yashash mamlakatining tibbiyot muassasasidan uning shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan dori vositasining nomini, uning dorivor shaklini va davolash kursiga tavsiya qilingan miqdorini ko‘rsatgan holda muayyan jismoniy shaxsga berilgan hujjatni taqdim etadilar.

Xalqaro qatnaydigan dengiz (daryo) kemalarida, samolyotlarda tibbiy dorilar qutichasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining cheklangan miqdorini olib kirish va olib chiqish tegishli transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatning qonun hujjatlarida belgilangan nazorat choralariga rioya etilgan holda litsenziyasiz amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан